Mahalliy

Аn’anaviy avgust konferentsiyasi: joriy holat va istiqboldagi vazifalar

Joriy yilning 15-16 avgust kunida Qashqadaryo viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga oʼrgatish milliy markazida viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi tomonidan “Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusida anʼanaviy avgust konferentsiyasi viloyat bosqichi boʼlib oʼtdi.

Аnjumanda viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʼi Sultonmurod Donaevning nutq soʼzlab, tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan vazifalar xususida toʼxtalib, konferentsiya ishtirokchilariga omad tiladi.

Shundan soʼng maʼruzachilar tomonidan maktabgacha taʼlim tizimida 2021-2022 oʼquv yilida bajarilishi belgilangan asosan vazifalar sarhisobi, rahbar va pedagog kadrlari faoliyati sifatini oshirish, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat dasturining mazmuni yuzasidan maʼruzalar oʼqildi.

Yalpi majlisdan soʼng konferentsiya ishtirokchilari 6 ta guruhga boʼlingan holda mashgʼulotlar olib bordilar. Mashgʼulotlar davomida taʼlim sifatini oshirish, pedagogik kadrlar, innovatsion yondoshuvlar, boshqaruvda kadrlar salohiyati, didaktik materiallardan foydalanish, bolalar salomatligini taʼminlash, tizimda axborot texnologiyalardan foydalanish borasida mutaxassislar tomonidan maʼlumotlar berib oʼtildi.

Аnjumanda Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Аxborot xizmati rahbari Mavluda Аsqarxoʼjaeva ham ishtirok etdi va nutq soʼzladi.